Uy-joy va jamoat binolarida energiyani tejaydigan tizimlarni ishlab chiqish va tajriba tariqasida joriy etish toʻgʻrisida (156-son)
28.04.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada energiyani tejaydigan uy-joylar va jamoat binolari qurilishini rivojlantirishning texnikaviy va tashkiliy masalalarini puxta ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda 1995-1996-yillarda Toshkent shahrida tajriba tariqasida besh qavatli 32 kvartirali energiyani tejaydigan uy-joyni ilmiy jihatdan ishlab chiqish, loyihalash, qurishni va ularning natura sinovlarini amalga oshirsinlar hamda natijalari boʻyicha kelgusida qurilishda qoʻllanish uchun tavsiyanomalar bersinlar.
Toshkent shahar hokimligi 1995-yilning Sh choragida tajriba tariqasidagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasi ajratsin.
“Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tajriba tariqasidagi besh qavatli 32 kvartirali uy-joy qurilishi boʻyicha buyurtmachi va bosh pudratchi etib belgilansin.
“Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi koʻrsatib oʻtilgan uy-joyning 1996-yilning III choragida foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi “Qahrabo” ilmiy — ishlab chiqarish firmasi ishtirokida energiyani tejaydigan arxitektura yechimlarini nazarda tutuvchi tajriba dasturini, 1995-yilning IV choragida tajriba tariqasidagi gʻisht-panel konstruksiyali uy-joy qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini bergan holda, ishlab chiqsinlar.
3. Tajriba tariqasidagi qurilishda uy-joy va jamoat binolarini markazlashtirilmagan tartibda issiqlik bilan taʼminlashning yangi tizimini ishlab chiqish va sinab koʻrish boʻyicha tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tadbirlardagi 1995-yil uchun belgilangan, shuningdek ushbu qarorning 1-2-bandlaridagi ishlarni tegishli manbalar hamda joriy yilda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirsinlar, 1996-1997-yillar uchun istiqbolni shakllantirishda taqdim etilgan hisob-kitoblar va smetalarga muvofiq maqsadli mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsinlar
5. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va “OʻzABK” qoʻshma korxonasiga markazlashtirilmagan issiqlik manbalarining tajriba namunalarini tayyorlash uchun metall va butlovchi mahsulot sotishda, shuningdek tajriba tariqasidagi uy-joy qurilishini zarur moddiy-texnika resurslari bilan kontrakt asosida taʼminlashda koʻmaklashsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.
1995-yil 28-aprel,
156-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-apreldagi 156-son qaroriga ILOVA
Tajriba tariqasidagi qurilishda uy-joy va jamoat binolarini markazlashtirilmagan tartibda issiqlik bilan taʼminlashning yangi tizimini ishlab chiqish va sinab koʻrish boʻyicha
TADBIRLAR
* Ishlarning qiymatiga narxlar darajasining oʻzgarishiga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
