“Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1909-2-son)
20.07.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1909-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
56-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
2010-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyul 56, 2010-31-son qaroriga ILOVA
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan obyekt hisobot davrida har bir kontrakt boʻyicha aniqlanadigan soliq toʻlovchining qoʻshimcha foydasi hisoblanadi.
6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida har bir kontrakt boʻyicha sof qoʻshimcha foyda hisoblanadi”.
2. 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Soliq davri — bir oy”.
3. 12-bandidan “ortib boruvchi yakun bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. Ilovani ushbu oʻzgartirishlar ilovasiga muvofiq bayon qilinsin.
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlarga ILOVA
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 248-modda)
