Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (146-son)
12.07.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit boʻyicha boʻlishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) 3-bandidagi “175” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror 2010-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-iyul,
146-son
