Polsha Respublikasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash tuzish toʻgʻrisida (47-son)
10.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli savdo iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Polsha Respublikasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Quyidagilar zimmasiga yuklansin:
idoralararo kengashga — Polsha Respublikasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga — Polsha Respublikasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash kotibiyati vazifalarini bajarish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Polsha tomoni bilan kelishgan holda idoralararo kengash doirasida hamkorlik boʻyicha takliflarni tayyorlash topshirilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari U. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-fevral,
47-son
1995-yil 10-fevraldagi 47 son qarorga ILOVA
Polsha Respublikasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash
TARKIBI
