Eron Islom Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini ochish toʻgʻrisida (41-son)
09.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 10-maydagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tehron shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning 1995-yil uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
1995-yilda Elchixona xodimlari soni 8 kishidan iborat etib belgilansin, ulardan: diplomatik tarkib — 5, texnik tarkib — 3.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995-yil uchun zarur mablagʻlarni xarajatlar smetasiga muvofiq toʻldirilishiga qarab ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 9-fevral,
41-son
