Elektron tijorat toʻgʻrisida (613-II-son) · Sana: 29.04.2004 · Kuchini yo'qotgan
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, bu muddat oʻtgandan keyin esa ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini taʼminlashi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-165478
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari Elektron tijorat toʻgʻrisida (613-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-165497/8 (lex.uz/docs/-165478)