Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (1396-3-son)
08.07.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1396-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 15-iyuldagi 2004-16-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396, 2004-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 361-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-iyun,
2010-12-son
