Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi Rayosatining Oʻzbekiston nohiyasi tarkibida Furqat hududiy ijroiya qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi haqida (182-son)
05.07.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi Rayosatining xalq deputatlari Oʻzbekiston nohiyasi Kengashi tarkibida Furqat hududiy ijroiya qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Kirov nohiyasidagi “Oktyabr 40 yilligi”, Partiya XX syezdi nomidagi va Shunqor qishloqlari belgilangan tartibda uning ixtiyoriga berilsin.
2. Tashkil etilgan yangi boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari mahalliy budjet hisobidan ajratilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-iyul,
182-son
