Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1360-2-son)
29.06.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi BOShLIGʻIning
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1360-2]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlar va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 16-apreldagi 53-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalariga Shovqinlar boʻyicha sertifikat berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1360, 2004-yil 20-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 242-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-iyun,
55-son
