Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1271-3-son)
28.06.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1271-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisidagi Qonunining 6-moddasiga asosan Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1271, 2003-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-iyun,
01-02/20-11-son
