Toshkent davlat texnika dorilfununiga Abu Rayhon Beruniy nomini berish toʻgʻrisida (175-son)
27.06.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent davlat texnika dorilfununi talabalari jamoasining, professor-oʻqituvchilari tarkibining hamda Oʻzbekiston SSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining mazkur oʻquv yurtiga Abu Rayhon Beruniy nomini berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin va bundan keyin u “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika dorilfununi” deb atalsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 27-iyun,
175-son
