Oʻzbekiston SSJ fanlar akademiyasining astronomiya institutiga Ulugʻbek nomini berish toʻgʻrisida (174-son)
26.06.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Buyuk olim, mutafakkir va davlat arbobi Ulugʻbekning 1994-yilda boʻladigan 600 yillik yubileyi munosabati bilan, jumhuriyat ilmiy jamoatchiligining istaklarini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Mehnat Qizil Bayroq ordenli Astronomiya institutiga Ulugʻbek nomi berilsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 26-iyun,
174-son
