Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-219-son)
09.11.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan kengroq foydalanish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashi “Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kredit ajratishi maʼqullaganligi;
loyihaning umumiy qiymati 43,0 million AQSH dollarini tashkil etishi, uni amalga oshirish muddati besh yilni tashkil etishi;
OTB krediti 20,4 million MQOH (maxsus qarz olish huquqi)ni tashkil etishi yoki 30 million AQSH dollari ekvivalentiga tengligi, toʻlov muddati 32 yil, shu jumladan sakkiz yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olishi;
OTB krediti boʻyicha asosiy qarz va u boʻyicha foizlarni toʻlashni bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Loyihani moliyalashtirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Loyihani moliyalashtirish uchun ajratilgan OTB krediti va u boʻyicha foizlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi loyihaning ijro etuvchi organi etib belgilansin, unga:
OTB kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish va loyihani samarali amalga oshirish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) sotib olish boʻyicha tender va baholash komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
loyihani amalga oshirish guruhining (LAOG) vazifalari OTB ishtirokida amalga oshirilayotgan Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarini nashr etish tizimini takomillashtirish (ikkinchi bosqich) boʻyicha LAOG zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankida loyihaning maxsus hisobvaragʻini ochsin;
Belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi sifatida:
investitsiya davrida loyiha doirasida import qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasida OTB qarz mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) toʻlovdan qoʻshilgan qiymat soligʻi ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
9. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar quyidagi toʻlovlardan ozod etilsin:
kirish vizalarini rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yigʻimlar;
koʻp martalik vizalar va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish davlat boji berilganda.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-noyabr,
PP-219-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-noyabrdagi PQ-219-son qaroriga 1-ILOVA
“Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini moliyalashtirish
REJASI
* Jumladan, 0,36 million AQSH dollari ekvivalentidagi soliq va yigʻimlardan ozod qilishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-noyabrdagi PQ-219-son qaroriga 2-ILOVA
“Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasi boʻyicha OTB krediti va foizlarini toʻlash
GRAFIGI
Izoh: Toʻlov summalari kredit mablagʻlarining amaliy oʻzlashtirilishiga bogʻliq holda aniqlanadi.
