Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1345-2-son)
23.06.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKi BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1345-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564-sonli qarori (roʻyxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2004-yil, 17-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-iyun,
21/6-son
