Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-217-son)
08.11.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Paxta tolasi eksportini kengaytirish va optimallashtirish, uni sotish samaradorligini oshirish, kontraktlar tuzishning shaffof mexanizmini taʼminlash maqsadida hamda I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini oʻtkazish natijalarini inobatga olib:
1. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, jahonning yetakchi oʻzbek paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarining Toshkent shahrida har yili Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
paxtani qayta ishlovchi xorijiy kompaniyalarni va paxtaning yakuniy isteʼmolchilarini jalb etishni hisobga olgan holda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish;
oʻzbek paxta tolasini sotish boʻyicha tan olingan xalqaro savdo standartlarini joriy etishni davom ettirish;
uzoq muddatli asosda paxta tolasini davlat tomonidan xarid qilishga buyurtmani shakllantirish;
jahon paxta tolasi bozorining rivojlanish istiqbollari va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish va koʻrib chiqish, global miqyosda paxta tolasini ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari boʻyicha muntazam ravishda xalqaro forum oʻtkazish.
3. I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2006-yil yanvar — iyul davrida paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini tayyorlashda I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi natijalarini hisobga olsin.
4. “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasi va “Cotton Outok” jurnali, shuningdek, Toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston paxta va toʻqimachilik yarmarkasining xalqaro maqomini saqlab qolish va uni oktabr oyining ikkinchi oʻn kunligida jahon paxta va toʻqimachilik tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasi tarkiblari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yarmarka savdolariga qoʻyiladigan paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari hajmlari boʻyicha takliflar kiritish;
yarmarka ishi davrida savdolarni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish;
yil davomida tuzilgan yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
reklama kampaniyasini oʻtkazish hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi faoliyati bilan bogʻliq materiallarning xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlash;
Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining asosiy tadbirlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqish va kelishish.
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarini jalb etish.
*3-ilova rus tili matnida berilgan.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi savdo kompaniyalari bilan birgalikda 2005-yilgi hosilning qolgan hajmini kontraktatsiya qilsin va uning belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-noyabr,
PQ-217-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga 1-ILOVA
I xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
