“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-204-son)
20.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-avgustdagi F-2306-sonli farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatdiki, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AJ tizimiga kiruvchi spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari qoniqarsiz moliyaviy koʻrsatkichlarga ega korxonalarning 85 foizi past rentabelli, 65 foizi esa nochor korxonalardir.
Korxonalarning ogʻir iqtisodiy ahvoliga tushib qolishining sababi koʻp miqdordagi maʼnaviy jihatdan eskirgan va foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, transport vositalari, binolar, inshootlar, boshqa asosiy fondlar, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarning mavjudligidir. Natijada ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarda 52 foizni, vinochilik korxonalarida esa 50 foizni tashkil etadi.
Yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, samarasiz xarajatlarni kamaytirish va shu asosda alkogol va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishni amalga oshirish maqsadida:
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AJ korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha maxsus komissiyaning quyidagi masalalar boʻyicha takliflari qabul qilinsin:
ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayotgan asosiy vositalarni 1-ilovaga muvofiq kim oshdi savdosi orqali sotish;
2-ilovaga muvofiq birja savdolarida mulkiy komplekslar shaklidagi obyektlarni sotish;
obyektlarni, davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlarini investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” sotib olish qiymatida 3-ilovaga muvofiq tanlov asosida sotish;
4-ilovaga muvofiq mulkiy majmualarni oʻzlari joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda tegishli korxona va tashkilotlarning balansiga oʻtkazish;
5-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha foydalanilmayotgan asosiy vositalarni 2008-yil 1-yanvargacha konservatsiya qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda auksionlarda va fond birjalarida sotiladigan, shuningdek tegishli korxona va tashkilotlarning balansiga beriladigan mol-mulkning tarkibi va taxminiy qiymatini aniqlasin.
3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tenderlar oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi (Golishev):
bir oy muddatda zarar keltiradigan kompleks obyektlar, davlat aksiyalar paketlari (ulushlari), shuningdek qurilishi tugallanmagan qurilish obyektlarini investitsiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan investorlar ishtirokida “nol” sotib olish qiymatida realizatsiya qilinishning kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin va monitoringini oʻrnatsin;
uch oy muddatda malakali moliyaviy-texnik maslahatchilarni jalb etgan holda konservatsiyalangan asosiy vositalarni boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qayta ixtisoslashtirgan holda investorlarga sotish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni taʼminlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Belgilansinki, 1 — 5-ilovalarga kiritilgan obyektlarni sotishdan tushgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi va ular kreditlar, soliqlar boʻyicha qarzlarni toʻlash va soha korxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
9. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK uch oy muddatda maʼlumotlarining jamlangan koʻrsatkichlari uchun tegishli himoya mavjudligini hisobga olgan holda, alkogolli ichimliklarni idishlarga quyish boʻyicha barcha liniyalarda tayyor mahsulotlarni hisobga olish uchun elektron hisoblagichlar oʻrnatilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangi nizomni tasdiqlasin, bunda, ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish hamda etil spirti va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha komissiyadan ruxsat oladigan korxonalarda direktorning rejim boʻyicha oʻrinbosari va moliya inspektori lavozimlarini kiritish nazarda tutilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyevga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-oktabr,
PQ-204-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga 1-ILOVA
Ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayotgan, kim oshdi savdosi orqali sotiladigan asosiy vositalar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga 2-ILOVA
Birja savdolarida sotiladigan mulkiy majmualar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga 3-ILOVA
Investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” sotib olish qiymatida tanlov asosida sotilishi lozim boʻlgan davlat aksiyalar paketlari (ulushlari), shuningdek qurilishi tugallanmagan qurilish obyektlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga 4-ILOVA
Joylashgan yer uchastkalari bilan birga korxona va tashkilotlar balansiga oʻtkaziladigan mulkiy majmualar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga 5-ILOVA
2008-yil 1 yanvargacha konservatsiya qilinishi shart boʻlgan ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha foydalanilmayotgan asosiy fondlar
ROʻYXATI
