Oʻzbekiston ssj vazirlar mahkamasi huzurida ilmiy, muhandis va boshqaruv kadrlarini tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil etish toʻgʻrisida (11-son)
14.01.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzurida ilmiy, muhandis va boshqaruv kadrlarini tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi Komissiya (bundan keyin Komissiya deb ataladi) ilova qilinayotgan tarkibga muvofiq tuzilsin.
Komissiya ishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq E. S. Samandarovga yuklatilsin.
Komissiyaning ishchi apparati (Komissiyaning kotibiyati) 5 kishidan iborat qilib belgilansin, rahbarning (Komissiya masʼul kotibining) oylik maoshi Vazirlar Mahkamasi sektor mudirining maoshi darajasida, xodimlarning maoshi katta ekspertlar va inspektorning maoshi darajasida belgilansin.
OʻzSSJ Moliya vazirligi ishchi apparati uchun mehnatga haq toʻlash fondini hisob-kitoblarga muvofiq belgilasin.
2. OʻzSSJ Fanlar akademiyasi, OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzSSJ Xalq taʼlimi vazirligi, OʻzSSJ Sogʻliqni saqlash vazirligi, VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi, oʻquv yurtlariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Komissiyaning strukturaviy boʻlinmalarini tuzsinlar, uning ishchi organi vazifalarini boshqaruv apparatining tegishli boʻlinmalariga yuklasinlar.
3. Ikki hafta muddat ichida Komissiya toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlashga kiritilsin.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetiiing 1990-yil 13-martdagi 134-son qarori;
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 10-maydagi 205-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 14-yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 14-yanvardagi 11-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilmiy, muhandis va boshqaruv kadrlarini tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi
KOMISSIYA TARKIBI
