Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1140-1-son)
17.06.2010
Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1140-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizom”ga (roʻyxat raqami 1140, 2002-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 10-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-may,
18/10-son
