Qoʻqon pedagogika bilim yurtini qaytadan nomlash toʻgʻrisida (106-son)
19.04.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xalq deputatlari Qoʻqon shahar Soveti rayosatining “Pravda” gazetasi nomidagi Qoʻqon pedagogika bilim yurtini oʻzbek tilshunosligi va adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan pedagog, tilshunos olim — Ashurali Zohiriy nomidagi Qoʻqon pedagogika bilim yurti deb qaytadan nomlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-aprel,
106-son
