Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutiga Akmal Ikromov nomini qaytadan berish toʻgʻrisida (105-son)
19.04.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutining professor-oʻqituvchilari jamoasining ushbu institutga Akmal Ikromov nomini qaytadan berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va bundan buyon u “Akmal Ikromov nomidagi Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti” deb atalsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-aprel,
105-son
