Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulkini davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar stavkalarining miqdorlari va toʻlash muddatlari toʻgʻrisida (2-son)
10.01.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SSJI Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlarini joriy qilish toʻgʻrisida” 1990-yil 9-avgustdagi 792-son qarorining 8-punktiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1991-yil 1-yanvardan boshlab OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi va OʻzSSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasiga qarashli kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulkini davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarning SSJI Moliya vazirligi bilan kelishilgan stavkalari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
a) keyingi 5 yildagi oʻrtacha hosildorlikdan xamda kolxoz, sovxoz va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasida joriy yilda ekinlar bilan band boʻlgan maydonlar hisobiga joriy qilinadigan davlat xarid narxlaridan kelib chiqqan holda hosilning toʻliq qiymatiga nisbatan hisoblab chiqarilgan protsentlar hisobida qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurta qilish boʻyicha:
b) qishloq xoʻjaligi hayvonlari, uy parrandalari quyonlar, moʻynali hayvonlar, asalari uyalarini, mazkur yilning 1-yanvarigacha boʻlgan amortizatsiyani hisobga olib, ularning ish hayvonlarining toʻliq balans (inventar) qiymatlariga nisbatan protsentlar hisobida sugʻurta qilish boʻyicha:
v) binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkni, amortizatsiyani hisobga olgan holda, toʻliq balans (inventar) qiymatiga nisbatan protsentlar hisobida sugʻurta qilish boʻyicha, mahsulotlar, xomashyo va materiallarni esa mazkur yilning 1-yanvarigacha boʻlgan toʻliq balans (inventar) qiymatiga nisbatan sugʻurta qilish boʻyicha:
2. Davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar quyidagi miqdorlari va muddatlari belgilansin:
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulkini davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar stavkalarining miqdorlari va toʻlash muddatlari toʻgʻrisida” 1983-yil 16-dekabrdagi 722-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 10-yanvar,
2-son
