Reeksport bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1134-2-son)
15.06.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1134-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 20-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Reeksport bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1134, 2002-yil 2-may — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 9-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 1-iyun,
01-02/12-9-son
