Parrandachilik xoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida (426-son)
29.11.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Kurka goʻshti yetishtirishni koʻpaytirish va sanoat kurkachiligi uchun respublikaning oʻz naslchilik bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “MAD” (Isroil) firmasi texnologiyasi asosida 1-ilovaga muvofiq parrandachilik fabrikalarini modernizatsiya qilish va ularni yiliga 12500 tonna goʻsht yetishtirish uchun kurkalar oʻstirishga qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzparrandasanoat” uyushmasi, ishlab chiqarish quvvatlarini 2-ilovaga muvofiq 1997-yilning (V choragida ishga tushirgan holda, kurkalarni jadal oʻstirish uchun texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish va oʻrnatish yuzasidan “MAD” firmasi bilan 8 mln AQSh dollari summasida kontrakt tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Parrandachilik fabrikalarini modernizatsiya qilishni mablagʻ bilan taʼminlash:
kontrakt qiymatining 85 foizi (6,8 mln AQSh dollari) — Isroil tashqi savdo tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish korporatsiyasi (IFTRIK)ning sugʻurta qoplamasi ostida “Izrael Diskont Bank” (Isroil) banki krediti hisobiga,
kontrakt qiymatining 15 foizi (1,2 mln AQSh dollari) — “Oʻzparrandasanoat” uyushmasining oʻz mablagʻlari hisobiga.
qayta qurish va tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun milliy valyutadagi (7,2 mln soʻm) xarajatlar — “Oʻzparrandasanoat” uyushmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimini tuzsin va “Oʻzparrandasanoat” uyushmasi uchun IFTRIK sugʻurta qoplamasi ostida Isroil banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirishni taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q. Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-noyabr,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-noyabrdagi 426-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekistonda “MAD” firmasi texnologiyasini joriy etish asosida kurka goʻshti yetishtirish hajmlari
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-noyabrdagi 426-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekistonda kurka goʻshti yetishtirish loyihasi boʻyicha quvvatlarni ishga tushirish jadvali
