“Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1292-2-son)
09.06.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1292-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 106-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125 , 02-1212 va 01/22-142-son qarori (roʻyxat raqami 1292, 2003-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 24-son) bilan tasdiqlangan “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-may,
46-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-may,
3-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-may,
6/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 25-maydagi 46, 3 va 6/2-son qaroriga ILOVA
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandida:
“a” kichik bandidagi “60” raqami “68” raqami bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “25” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandidagi “15” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2010-yil 12-may
