9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-251-son) · Sana: 07.06.2010 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligini va ularni saqlash sharoitlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
