7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-251-son) · Sana: 07.06.2010 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mikronutriyentlar bilan boyitilishi lozim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini aniqlaydi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
aholining mikronutriyentlar saplementatsiyasi oʻtkazilishi lozim boʻlgan muayyan guruhlarini aniqlaydi;
oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mikronutriyentlarning normalari va tavsiya etiladigan darajalarini ishlab chiqadi;
mikronutriyentlar saplementatsiyasini tashkil etadi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha sanitariya-gigiyena va tushuntirish ishlarini olib boradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qiladi va baholaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
