Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (oʻzbekiston respublikasi prezidentining “dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi pq-1326-son qarori) (112-son)
08.06.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-iyun,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 112-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 11-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“300 va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlariga ega boʻlgan bozorlar va savdo komplekslarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan hollarda majburiy tartibda avtotransport vositalari kirib kelgan va chiqib ketgan vaqtni qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan elektron hisoblagichlar oʻrnatiladi”.
