Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga oʻz yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshligʻining qaroriga binoan olib qoʻyiladi hamda mahkum ozod boʻlgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yoʻq qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga oʻtkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi.
Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-163629
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 66-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-163627/66 (lex.uz/docs/-163629)