Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-163629
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 178-modda. Sudga taqdimnoma kiritish Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-163627/178 (lex.uz/docs/-163629)