Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Intizomiy qismda mahkumlarga muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan taʼtillar berilmaydi.
Harbiy xizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli — yetti sutkagacha taʼtil berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli taʼtilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-163629
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 154-modda. Mahkumlarning taʼtillari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-163627/154 (lex.uz/docs/-163629)