1995-yilda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarni ulgurji sotish toʻgʻrisida (528-son)
31.10.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda 1995-yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari xarid qilish boʻyicha shartnoma aloqalari oʻrnatilishi jarayonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat balanslari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi joriy yilning 10-noyabrigacha muddatda quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi kiritsin:
1995-yilga asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari balanslari;
nomenklatura boʻyicha maxsus oluvchilar uchun asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlariga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi 2-ilovaga muvofiq.
3. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish yoki markazlashtirilgan tartibda xarid qilish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar maxsus oluvchilar bilan aniq ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida shartnoma aloqalari oʻrnatilishini, koʻrsatib oʻtilgan ilovalarga kirmagan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha esa maxsus oluvchilarning buyurtnomalari boʻyicha yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
4. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi (Fayziyev), Oʻzbekbirlashuv” (Abdugʻaniyev) “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov)ning 1994-yil 19-noyabrdan boshlab oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari xarid qilish yarmarka mavsumi ochish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Birinchi yarmarkalar tovarlar guruhi boʻyicha 3-ilovada moʻljallangan muddatlarda oʻtkazilsin.
5. Vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar:
korxonalar va tashkilotlarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yarmarka savdosida qatnashishlarini taʼminlasinlar;
ikki hafta muddatda yarmarka savdosiga qoʻyiladigan tovarlar roʻyxatini, hajmlarini koʻrsatgan holda, maʼlumotnoma-axborot fondi tuzish va kataloglari nashr etish uchun “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasiga taqdim etsinlar,
6. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasiga, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarga respublika aholisiga sotish uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ulgurji yarmarkadan xarid qilish tavsiya qilinsin.
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi yarmarka mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari majmuini, shu jumladan, keng reklama qilishni amalga oshirsin.
“Oʻzdavteleradio” kompaniyasi (Yaheyev), OʻzA (Hazratqulov) birja savdolari oʻtkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritishni taʼminlasinlar.
8. Yarmarka qoʻmitasining tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov) yarmarkaga boshqa shaharlardan kelgan qatnashchilarni mehmonxonalarda joylar bilan taʼminlasin.
10. Vazirlar Mahkamasining xalq isteʼmol tovarlari, savdo va pulli xizmat koʻrsatish majmuiga bundan buyon oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari sotish boʻyicha yarmarkalarning navbatdagi bosqichlarini oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish topshirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-oktabr,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat balanslari tasdiqlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 2-ILOVA
Maxsus isteʼmolchilarga ajratiladigan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
NOMENKLATURASI
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 3-ILOVA
Tovarlar guruhi boʻyicha birinchi yarmarkalarni oʻtkazish
JADVALI
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 4-ILOVA
Yarmarka qoʻmitasi
TARKIBI
