Xorazm viloyatida ichimlik suv quyish zavodini qurish toʻgʻrisida (222-son)
20.06.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Xorazm viloyati aholisining sifatli ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ichimlik suv quyish ishlab chiqarishini tashkil etish uchun Urganch shahridagi issiqlik tarmogʻining qurilishi tugallanmagan taʼmirlash-ishlab chiqarish bazasida ishlab chiqarish maydoni tanlanganligi va qurilish viloyatning oʻz mablagʻlari hisobiga tugallanishi;
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi tomonidan Germaniyaning “Krones” firmasi bilan umumiy summasi 4,466 mln nemis markasi boʻlgan soatiga 4000 shishaga quyish quvvatiga ega boʻlgan ichimlik suv quyish va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha komplekt asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oziqovqatsanoat” uyushmasining “Koka Kola ichimligi Toshkent LTD” qoʻshma korxonasi bilan yuqorida koʻrsatilgan ishlab chiqarishda qoʻshma korxona tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Yaponiya Hukumati tomonidan berilgan noloyiha tipdagi grant doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 164-f-son farmoyishida belgilangan tartibda 1996-yilda import asbob-uskunalarni yetkazib berishni taʼminlasin.
4. Zavod qurilishini tashkil etish va qoʻshma korxona tuzish masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin.
5. “Oziqovqatsanoat” uyushmasining loyiha-konstruktorlik byurosi, unga bir oy muddatda zavod qurilishi loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash topshirilgan holda, ichimlik suv quyish zavodi qurilishining bosh loyihachisi etib belgilansin.
6. Zavodning injenerlik kommunikatsiyalari va maydon ichi obyektlari qurilishi “Oziqovqatsanoat” uyushmasi, Xorazm viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga topshirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi yangi tuzilgan korxonani shartnoma asosida yetarli hajmda suv bilan taʼminlasin.
9. Ishchi guruhi Xorazm viloyati hokimligi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan birgalikda zavodning 1997-yil 1 choragida ishga tushirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-iyun,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-iyundagi 222-son qaroriga ILOVA
Xorazm viloyatida ichimlik suv quyish zavodini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
