Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa toʻlashni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1160-1-son)
27.05.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1160-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 558-modda) Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 562-modda) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 26-iyundagi 70 va 11/2001-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa toʻlashni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2002-yil 11-iyul, roʻyxat raqami 1160) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 13-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
31-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
100-Q-son
