“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (PF-3157-son)
04.11.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini samarali tashkil etishni, uning respublika markaziy iqtisodiyot organlari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish darajasini oshirishni taʼminlash maqsadida:
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-son Farmoni 2-bandi, 3-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur Farmonning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi S.B. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-noyabr,
PF-3157-son
