“Oʻz-Dong Yang Ko” Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida (208-son)
04.06.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “Andijon mebel kombinati” aksionerlik jamiyati va Koreya tomonidan “Dong-Yang Ivxa indastriz” kompaniyasi muassis hisoblangan, muassislarning ustav fondidagi ulushlari tegishlicha 40 foiz va 60 foiz miqdorida taqsimlanadigan (1, 2-ilovalar), “Andijon mebel kombinati” AJ bazasida yiliga 560 ming dona avtomobilning ichki bezagi detallarini ishlab chiqaradigan “Oʻz-Dong Yang Ko” Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etilishi maʼqullansin.
2. Koreya tomoni qoʻshma korxonaga asbob-uskunalar sotib olish uchun 8 yil muddatga 2283 ming AQSH dollari miqdorida kredit berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 6, 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va huquqlar “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi avtomobillari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida “Oʻz-Dong Yang Ko” qoʻshma korxonasiga joriy etiladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-iyun,
208-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-iyundagi 208-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-iyundagi 208-son qaroriga 2-ILOVA
