Diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida
01.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Andorra Knyazligi oʻrtasida
Protokol
Oʻzbekiston Respublikasi va Andorra Knyazligi,
Ikki xalq oʻrtasida oʻzaro anglashuv, doʻstlikni mustahkamlash va hamkorlikni yurishtirish maqsadida,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavi va xalqaro huquq prinsiplari va maqsadlari, xususan, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni hurmat qilish va taʼminlash, davlatlar oʻrtasida tenglik, milliy suverenitet, mustaqillik, hududiy yaxlitlik va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik asosida,
Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yilning 18-aprelidagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq ushbu Protokol imzolangan sanadan boshlab diplomatik munosabatlar oʻrnatishga qaror qildilar.
Ushbuning tasdigʻi sifatida, oʻzlarining tegishli Hukumatlari tomonidan tegishincha vakolatlangan quyida imzo chekuvchi vakillar ushbu Protokol oʻzbek, katalan va ingliz tillarida imzoladilar, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Afina shahrida 2009-yil 1-dekabrda tuzildi.
(imzolar)
