Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (949-6-son)
20.05.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 949-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-son “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 26-aprelda tasdiqlangan 420-sonli “Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 949, 2000-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-aprel,
16/1-son
