“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180 va 275-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-247-son)
20.05.2010
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 269-modda; 1997-yil, 4-5-son, 126-modda; 1998-yil, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 5-son, 112-modda; 2001-yil, 5-son, 89-modda; 2002-yil, 4-5-son, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, 5-son, 152-modda; 2007-yil, 12-son, 590, 608-moddalar; 2008-yil, 12-son, 640-modda) 28-moddasining “i” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — eng kam oylik ish haqining 30 foizi”.
3-modda. Ushbu Qonun 2010-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-may,
OʻRQ-247-son
