“571-modda. Aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganida jazo tayinlash
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-245-son) · Sana: 18.05.2010 · Amalda
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-may,
OʻRQ-245-son
