Ruminiya bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha idoralararo kengash tuzish toʻgʻrisida (231-son)
03.07.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ruminiya oʻrtasida oʻzaro foydali savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ruminiya bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha idoralararo kengash ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Idoralararo kengashga — respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining Ruminiya bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalarini bajarish,
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha idoralararo kengashning kotibiyati funksiyalarini bajarish yuklansin.
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Ruminiya tomoni bilan kelishgan holda idoralararo kengash doirasida hamkorlik qilish yuzasidan takliflar tayyorlash topshirilsin.
4. Ruminiya bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha idoralararo kengash:
1996-yil 1-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya vazirliklari hamda idoralari oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarorlarining tegishli loyihalarini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun taqdim etsin;
1996-yil avgustda Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha Oʻzbekiston-Ruminiya hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisini oʻtkazish masalasini ishlab chiqsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K. Raximov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 3-iyul,
231-son
