Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 14-martdagi 97-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (297-son)
23.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
SSSR Ministrlar Sovetining “V.I. Lenin nomidagi Sovet bolalar fondi masalalari” nomli 1987-yil 26-oktabrdagi 1200-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 14-martdagi 97-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-avgust,
297-son
