Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (77-son)
27.04.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, shuningdek yongʻin-texnik mahsulotlari sifatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarining ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
77-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-apreldagi 77-son qaroriga ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 24-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya qoʻshilsin:
2. 28-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 281-pozitsiya qoʻshilsin:
3. 32-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 321-pozitsiya qoʻshilsin:
4. 361-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 362-pozitsiya qoʻshilsin:
5. 42-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 421-pozitsiya qoʻshilsin:
6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 431-pozitsiya qoʻshilsin:
7. 44-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 441-pozitsiya qoʻshilsin:
8. 46-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 461-pozitsiya qoʻshilsin:
9. 471-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
10. 51-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 511-pozitsiya qoʻshilsin:
11. 52-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 521-pozitsiya qoʻshilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 132-modda)
