Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (78-son)
29.04.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy avtotransport vositalarining kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) 1-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-aprel,
78-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-apreldagi 78-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qarori 1-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “50” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin.
2. 2-banddagi “20” va “30” raqamlari tegishli ravishda “35” va “55” raqamlari bilan almashtirilsin.
3. 3-banddagi “100” raqami “175” raqami bilan almashtirilsin.
