Yangi tashkil etilayotgan “Prometey” trestini soliqlardan ozod etish toʻgʻrisida (16-son)
09.01.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 2-yanvardagi 2-2-son qarorga muvofiq hamda “Prometey” tresti tomonidan Paxtakor—Yangiyer—Toshkent gaz quvuri qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida “Zakneftgazqurilish-Prometey” AB tarkibida yangi tashkil etilayotgan “Prometey” tresti 1996-1997-yillarda Paxtakor—Yangiyer—Toshkent gaz quvuri qurilishi davrida foyda va qoʻshilgan qiymat soliqlarini toʻlashdan ozod qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 9-yanvar,
16-son
