1999-2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi toʻgʻrisida (406-son)
23.09.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
5. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobiga:
akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mablagʻ bilan taʼminlash mintaqaviy dasturlariga muvofiq oʻz balansidagi oʻrta maxsus va hunar-texnika taʼlim muassasalarini qayta ixtisoslashtirsinlar.
7. Belgilansinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlash moliyaviy resurslarning topilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlarini tajriba xoʻjaliklari va yordamchi xoʻjaliklar tashkil etish uchun kamida 20 gektar yer maydoni bilan taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-sentabr,
406-son
