1998-2000-yillar davrida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik uchun omixta yem ishlab chiqarishni koʻpaytirish va uning sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (268-son)
26.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning omixta yemga boʻlgan ehtiyojini toʻliqroq taʼminlash va omixta yemning sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998 — 2000-yillarda omixta yem ishlab chiqarish yuzasidan “Oʻzdonmahsulot” va “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyalariga beriladigan topshiriq 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
ozuqa ekinlariga ajratilgan yerlarga 2-ilovaga muvofiq asosiy ekin sifatida ekish hisobiga;
boshoqli don ekinlari oʻrib-yigʻib olingandan keyin 3-ilovaga muvofiq takroriy ekish hisobiga don uchun makkajoʻxori ekish va makkajoʻxori yalpi doni hosiliga taʼminlash boʻyicha tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirsinlar.
Makkajoʻxoridan omixta yem ishlab chiqarish uchun foydalanish maqsadida yetishtirilgan mahsulotning 50 foizi darajasidagi miqdori “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan xarid qilinishi haqidagi topshiriq tasdiqlansin.
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi:
erkin shartnoma narxlari boʻyicha makkajoʻxori donini xarid qilish yuzasidan xoʻjaliklar bilan bir oy muddatda shartnomalar tuzsin, xarid qilinadigan mahsulot qiymatining 40 foizi miqdorida xoʻjaliklarga belgilangan tartibda avans berilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda xoʻjaliklar bilan oldindan tuzilgan shartnomalar asosida chatishtirilgan makkajoʻxori urugʻini keltirish va urugʻlikni 4-ilovaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha xoʻjaliklarga sotishni taʼminlasin.
4. Korxonalarga va “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga, 5-ilovaga muvofiq korxonalarni omixta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish sharti bilan, aksiyalarning ikkinchi emissiyasi hisobiga xorijiy investorlarga va erkin aksiyalar paketlarini 1998-yilda strategik investorlarga sotishga ruxsat berilsin.
5-ilovada koʻrsatilgan korxonalar omixta yem ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, xomashyo va komponentlarni keltirishda bojdan ozod etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi balanslarni ishlab chiqishda omixta yem ishlab chiqarish uchun “Oʻzdonmahsulot” va “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyalariga komponentlar ajratilishini nazarda tutsin, “Yogʻmoytamakisanoat” va “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari esa ularning 6-ilovaga muvofiq hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
6. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi ishlab chiqarishning spirtdan keyingi chiqindilarini (quyqalarini) bevosita joylardagi chorvachilik xoʻjaliklariga uzluksiz yetkazib bersinlar, “Qoʻqon” ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqiladigan quritilgan quyqaning barcha hajmini esa 7-ilovaga muvofiq miqdorda omixta yem ishlab chiqarish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga shartnomalar boʻyicha yetkazib bersinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-iyun,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 1-ILOVA
1998 — 2000-yillarda omixta yem ishlab chiqarish yuzasidan “Oʻzdonmahsulot” va “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyalariga berilgan
TOPShIRIQ
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 2-ILOVA
1998—2000-yillarda asosiy maydonlarda don uchun makkajoʻxori ekish
PROGNOZI
Izoh: 1) Makkajoʻxori urugʻi respublikaning oʻzida ishlab chiqarish hisobiga taʼminlanadi.
2) Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 50 foizi omixta yem ishlab chiqarish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalari tomonidan shartnoma narxlari boʻyicha sotib olinadi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 3-ILOVA
1998—2000-yillarda asosiy maydonlarda don uchun makkajoʻxori takroriy ekish
PROGNOZI
Izoh: Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 50 foizi omixta yem ishlab chiqarish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalari tomonidan shartnoma narxlari boʻyicha sotib olinadi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 4-ILOVA
1998—2000-yillarda duragay makkajoʻxori urugʻlarini keltirish va ularni takror ekish uchun qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berish
TOPShIRIGʻI
* Soya va paxta shrotini eksportga sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga, shuningdek “Oʻzdonmahsulot”ning oʻz mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 5-ILOVA
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga omixta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilishi kerak boʻlgan korxonalar
ROʻYXATI
“Osiyo-Afrosiyob” aksiyadorlik jamiyati, Samarqand shahri.
“Qoraqalpoq don mahsulotlari” non ishlab chiqarish aksiyadorlik uyushmasining bosh korxonasi, Nukus shahri.
“Qorakoʻl don mahsulotlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Buxoro viloyati, Qorakoʻl shahri.
“Pon don mahsulotlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Namangan viloyati, Pop shahri.
“Xovos don mahsulotlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Sirdaryo viloyati, Xovos shahri.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 6-ILOVA
1998—2000-yillar davrida omixta yem ishlab chiqarish uchun respublika ichidagi resurslarni ajratish va ularni “Oʻzdonmahsulot” va “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyalariga yetkazib berish
TOPShIRIGʻI
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga 7-ILOVA
1998—2000-yillarda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzmevasabzovotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqarishdan keyingi chiqindilar (quyqalar) yetkazib berish
TOPShIRIGʻI
