Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (50-son)
23.03.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy rejalashtirish va kompleks qurishni amalga oshirishni tashkil etish tizimini tubdan yaxshilash, ishlab chiqilayotgan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek respublikaning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va tegishli loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yigʻilishlarining:
“OʻzLITTI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshuyjoyloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
“Donloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Oʻzmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
“Oʻzrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “OʻzGEOTEXLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
“ZPLITI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “OʼZGASHK” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
“OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korxonasiga aylantirish;
qayta tashkil etish natijasida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining asosiy ixtisoslashish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasining muassisi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
bir oy muddatda — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi hamda “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi tuzilmasi va ustavlarini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) bilan birgalikda loyiha-qidiruv tashkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin;
“ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi, “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi hamda “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlarini soha boʻyicha oliy maʼlumotli hamda loyihalash ishlarida kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning puxta tanlanishini nazarda tutgan holda tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
3. “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzining qayta tashkil etilishi munosabati bilan aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tasdiqlangan bosh rejalarda nazarda tutilmagan qoʻshimcha obyektlarni qurish yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-mart,
50-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga 1-ILOVA
Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
ROʻYXATI
Izoh. * Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar boʻyicha tegishli ravishda ularning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-bandning birinchi xatboshidagi “qoidaga koʻra” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 7-band “b” kichik bandining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“toʻliq kompleksda loyihalash boʻyicha faoliyat turlari uchun (loyihalashning barcha bosqichlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, shu jumladan loyihalarning DTIA, TIA hamda DTIH, TIHlarini ishlab chiqish) — murakkablikning I-II toifasidagi obyektlar uchun — kamida 12 mutaxassis, murakkablikning III toifasidagi obyektlar uchun — kamida 15 mutaxassis, murakkablikning IV-V toifasidagi obyektlar uchun — kamida 25 mutaxassis;
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ayrim boʻlimlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyat turlari uchun — kamida 10 mutaxassis”.
3. 8-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshiga “shuningdek mehnat daftarchalarining (notarial tasdiqlangan)” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 37-banddagi “eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
