Oʻzbekiston Respublikasining “Ekspo-2000” umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi toʻgʻrisida (267-son)
26.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gannover shahrida (GFR) 2000-yil 1-iyundan 31-oktabrgacha oʻtkaziladigan “EKSPO — 2000” Umumjahon” koʻrgazmasida Oʻzbekiston Respublikasining qatnashishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO — 2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi uchun masʼul etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi milliy ekspozitsiyasining yagona konsepsiyasini ishlab chiqish uchun 1 va 2-ilovalarga tashkiliy qoʻmita va respublikaning “EKSPO — 2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi boʻyicha mualliflik jamoasi muvofiq tuzilsin.
3. Tashkiliy qoʻmita:
Oʻzbekiston Respublikasining Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi boʻyicha tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
mualliflik jamoasi bilan birgalikda uch oy muddatda mavzu-ekspozitsiya rejasini ishlab chiqsin, eksponatlar roʻyxatini tayyorlasin, respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarini jalb etgan holda Umumjahon koʻrgazmasida milliy ekspozitsiyani yaratish uchun zarur boʻlgan eksponatlar, fotomateriallar, esdalik sovgʻalari, multimediya dasturi va boshqa reklama-axborot mahsulotlari oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasin;
mualliflik jamoasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda milliy stendning ramzi va logotipini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Tashkiliy qoʻmitaga axborot materiallarni tayyorlashda ilmiy muassasalar va tashkilotlar olimlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi, “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻzekspomarkaz” savdo koʻrgazma markaziga tarix, rang-tasvir, amaliy sanʼati boʻlimini va “Oʻzbekiston — tarixi va hozirgi kuni” multimediya dasturini barpo etish uchun zarur boʻlgan maslahat yordami koʻrsatsinlar, statistika, axborot materiallari va eksponatlarning berilishini taʼminlasinlar.
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO — 2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi homiy tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
respublika ekspozitsiyalarini joylashtirish uchun koʻrgazma maydoni ijarasi uchun 1998-yilda toʻlanadigan boshlangʻich badal 283 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Umumjahon koʻrgazmasida qatnashish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun:
homiy tashkilotlarning mablagʻlarini jamlash uchun maxsus bank schyotini ochsin;
koʻrgazma tashkilotchilari tomonidan beriladigan imtiyozlarni hisobga olgan holda Moliya vazirligi bilan kelishilgan uzil-kesil xarajatlar smetasini tayyorlasin;
uch oy muddatda homiy tashkilotlarning roʻyxatini ishlab chiqsin va ular toʻlaydigan mablagʻlarni aniqlasin;
koʻrgazma maydoni ijarasi uchun boshlangʻich va keyingi badallarni jamlangan homiylik mablagʻlari hisobidan toʻlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-iyun,
267-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 267-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO—2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganlarida ular lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 267-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO—2000” Umumjahon koʻrgazmasidagi milliy ekspozitsiyasining mavzu-ekspozitsiya rejasini va multimediya dasturini ishlab chiqish boʻyicha mualliflar jamoasi
TARKIBI
