Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Vyetnam Hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida (248-son)
12.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan oʻzaro foydali iqtisodiy va texnikaviy hamkorligini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Vyetnam hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi tuzilsin, unga respublika vazirliklari va idoralarining, davlat, aksiyadorlik va xususiy korxonalarining, jamoat tashkilotlari va uyushmalarining Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish funksiyasi yuklansin.
3. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Vyetnam hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi kotibiyati funksiyalarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 12-iyun,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-iyundagi 248-son qaroriga ILOVA
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Vyetnam komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi
TARKIBI
