Fargʻona viloyatining Toshloq shaharchasida “Deu tekstil kompani” toʻqimachilik kombinatini ishga tushirish toʻgʻrisida (311-son)
18.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻz vaqtida ishga tushirishni taʼminlash va eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“DEU” korporatsiyasi va “Oʻzbekyengilsanoat” korporatsiyasi oʻrtasida Toshloq notoʻqima materiallar fabrikasining 2,5 mln AQSH dollari summasidagi binolari va inshootlarining oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi;
yiliga 13 ming tonna paxta kalavasi ishlab chiqaradigan, ustav sarmoyasi 10,0 mln AQSH dollari boʻlgan 60,0 mln AQSH dollari hajmidagi 100 foiz xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “DEU tekstil kompani” korxonasi tashkil etilganligi;
“DEU tekstil kompani” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning hammasi (yiliga 35,0 mln AQSH dollari) eksportga yetkazib berilishi;
olingan foydani besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalarga, shu jumladan Fargʻona viloyatining ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga qayta moliyalashtirish nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Toshloq shaharchasidagi toʻqimachilik kombinati ishlab chiqarish boshlangan vaqtdan boshlab ikki yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilinsin.
4. Fargʻona viloyati hokimligi xorijiy mutaxassislar oilalari bilan birgalikda uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi meʼyorlarga muvofiq sharoitlar yaratsin.
5. Toʻqimachilik kombinatida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga vizalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yashashlari va transportning barcha turlarida yurganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-iyun,
311-son
